“Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev hamda qo‘mita raisi o‘rinbosari Kobul Tursunov Buxoro shahridagi B. Naqshband mahallasida mahallalarni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” faoliyati, aholining muammolarini aniqlash va ularni hal etish mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Senatorlar aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari, hududiy rahbarlar va mas’ul tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda Senatning 20-yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, qabul qilingan hujjatlar ijrosi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.