Toshkent shahrida xalqaro Yosh ekologlar sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Qozixonova, mamlakatning turli hududlaridan tashrif buyurgan 120 nafar yosh, shuningdek davlat organlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari, yoshlar bilan ishlovchi institutlar hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi.
Sammit davomida ekologik siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, iqlim o‘zgarishining bugungi kundagi dolzarb muammolari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ushbu jarayonlarda yoshlarning faol ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqan senator Orzigul Qozixonova ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlarning tashabbuskorligi va fuqarolik mas’uliyati tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Qayd etilganidek, bugungi yosh ekolog nafaqat tabiatni asrash tarafdori, balki innovatsion g‘oyalar muallifi, ilm-fan targ‘ibotchisi hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga tatbiq etayotgan faol jamiyat a’zosidir.
Sammit doirasida ekologik ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning “yashil” loyihalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda fuqarolarning atrof-muhitni asrash borasidagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Ta’kidlanganidek, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va “yashil” taraqqiyot maqsadlariga erishishda davlat organlari, ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda yoshlarning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro Yosh ekologlar sammiti ana shunday muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, yangi g‘oyalar almashinuvi hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.