Jamiyat / 08-Sentabr, 13:13 21

Senatorlar oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi

Senatorlar mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Husan Ermatov O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tashkil etilgan Mustaqillik darsida qatnashdi.

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi a’zosi Ikromxon Najmiddinov esa Namangan davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda birinchi bosqich talabalarini kutib olishga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirlar davomida senatorlar mamlakatimizda mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan natijalar, shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, uni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Senatorlar talabalarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashga, doimiy ravishda o‘z ustida ishlashga, ilmiy izlanishlar olib borishga, yangi g‘oya va tashabbuslarni ilgari surishga chaqirdi.

Shuningdek, yoshlarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhim ekani ta’kidlandi.

 

 

Teglar
#Jamiyat
Baholash