Jamiyat / Kecha, 19:30 5

Farg‘ona viloyatidagi barcha bog‘chalar 17-iyulgacha yopildi

Farg‘ona viloyatida kuzatilayotgan issiq ob-havo sharoiti sababli barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

 

Ma'lum qilinishicha, viloyatdagi barcha bog‘chalar 17-iyulgacha yopiq bo‘ladi. Mazkur qaror bolalarning salomatligini asrash hamda ularni jazirama issiq ta'siridan himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

 

Bog‘chalar 20-iyul, dushanba kunidan boshlab odatdagi tartibda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

 

Ota-onalardan ushbu vaqt oralig‘ida farzandlari xavfsizligi va salomatligiga alohida e'tibor qaratish so‘ralmoqda. Bog‘chalarning ish faoliyati tiklangach, tarbiyalanuvchilar belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Teglar
#Jamiyat
Baholash