Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida yong‘in xavfsizligi tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun ko‘rib chiqilib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Qonun bilan yong‘inlarning oldini olish, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini, shuningdek, mol-mulkni ishonchli himoya qilish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish ustidan nazoratni kuchaytirish, mas’ul tashkilotlarning vakolatlarini aniqlashtirish hamda ushbu sohadagi profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur qonunning qabul qilinishi yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholining xavfsizligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.