Siyosat / Kecha, 12:17 6

📑 Qonunosti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi masalalari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senatida qonunosti hujjatlarining o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Muhokamalar davomida qabul qilinayotgan qonunlarning amaliyotda to‘liq va samarali ishlashini ta’minlashda qonunosti hujjatlarining o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish, normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida ishlab chiqish hamda ularning sifatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

 

Yig‘ilish yakunida mas’ul idoralarga qonunosti hujjatlarini o‘z vaqtida qabul qilish, ijro intizomini mustahkamlash va bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

Teglar
#Siyosat
Baholash