2026-yil avgust oyida O‘zbekistonga 21 ming tonna mol go‘shti import qilindi. Uning qiymati 85,6 mln dollarni tashkil etdi.
📊 Bu iyul oyiga nisbatan 3 ming tonna yoki 23,4 foizga ko‘p. Avgustdagi ko‘rsatkich yil boshidan buyon bir oyda qayd etilgan eng yuqori import hajmi bo‘ldi.
Yanvar–avgust oylarida esa mamlakatga jami 111,1 ming tonna mol go‘shti olib kirilgan. Uning qiymati 519 mln dollarni tashkil etdi.
🇺🇿 O‘zbekistonda go‘shtga yillik talab 2,1 mln tonnadan ortiq, ichki ishlab chiqarish esa 1,6 mln tonna atrofida.
Shu sababli chorvachilikni rivojlantirish uchun 463 mln dollar yo‘naltirish hamda yil yakunigacha xorijdan 100 ming bosh qoramol olib kelish rejalashtirilgan.