Siyosat / 10-Noyabr, 17:53 16

Özbekiston parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasi Prezidenti bilan uçraşdi

 

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boşchiligidagi Özbekiston parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasiga rasmiy taşrifi doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan uchraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda Senat Raisi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Prezidentiga yöllagan samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muloqot davomida ikki mamlakat örtasidagi alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, parlamentlararo aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Xususan, parlamentlararo hamkorlikni faollaştiriş, oliy darajadagi kelişuvlar ijrosini qonunçilik jihatidan qöllab-quvvatlaş hamda parlament nazoratini kuçaytirişga alohida urgʻu berildi.

Şuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi. Xususan, umumiy qiymati qariyb 12 milliard AQSH dollarini taşkil etadigan istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, ilğor texnologiyalarni joriy etish hamda hududlararo aloqalarni rivojlantiriş muhimligi taʼkidlandi.

Bundan taşqari, taʼlim, soğliqni saqlaş, ilm-fan, kadrlar tayyorlaş va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş, Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan Özbekiston fuqarolari uçun munosib şaroitlar yaratiş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Teglar
#Siyosat
Baholash