AQSh Prezidenti Donald Tramp AQSh himoyasidan foydalangan davlatlar Eronga qarshi urush davomida Vashington qilgan barcha xarajatlarni qoplashi kerakligini bildirdi. U bu davlatlar qatorida Isroilni ham alohida tilga oldi.
“Biz himoya qilgan davlatlar uruş uchun qilgan barcha xarajatlarimizni to‘liq qoplab beradi. Chunki biz bo‘lmaganimizda, ular umuman mavjud bo‘lmas edi. Bizsiz Isroil ham mavjud bo‘lmasdi”, — dedi Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida.
Shuningdek, AQSh Prezidenti oraliq saylovlarda Respublikachilar partiyasining mag‘lubiyatga uchrashiga ta’sir ko‘rsatgan omillardan biri saylovchilar orasida Isroilga nisbatan kuchaygan salbiy munosabat bo‘lganini ta’kidladi. U, shuningdek, Eronga qarshi uruş va yoqilg‘i narxlarining oshishini ham asosiy sabablardan biri sifatida qayd etdi.