Samarqandda yosh parlament a’zolarining global konferensiyasi boshlandi
Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoqning Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.