3 sentabr kuni Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Anda Filip xonim hamda Serbiya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikerining o‘rinbosari Edin Jerlek Samarqand xalqaro aeroportida Oliy Majlis Senati a’zolari tomonidan iliq kutib olindi.
Bugunga qadar Parlamentlararo ittifoq vakillari, shuningdek, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Kanada, Turkiya, Germaniya, Irlandiya, Jazoir, Zimbabve, Kot-d’Ivuar, Ozarbayjon, Pokiston, Seyshel orollari, Urugvay, Uganda, Namibiya, Shveytsariya, Shimoliy Makedoniya, Eron, Bahrayn, Nigeriya, Mavritaniya, Janubiy Afrika va Kambodjadan parlament delegatsiyalari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
📌 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 4–6-sentabr kunlari Samarqand shahrida Oliy Majlis Senati hamda Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi o‘tkazilmoqda.
🌍 Anjumanda 183 ta mamlakat, 15 ta xalqaro tashkilot vakillari hamda 50 ga yaqin doimiy kuzatuvchidan iborat 300 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.