AQSh mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan ushbu tanga esdalik uchun emas, balki kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Tanganing bir tomonida Donald Tramp portreti, “Liberty” (“Ozodlik”) va “In God We Trust” (“Biz Xudoga ishonamiz”) yozuvlari, ikkinchi tomonida esa qalqonida 250 raqami aks etgan AQSh prezidenti muhri tasvirlangan.
AQShda qariyb 100 yildan beri tirik insonning portreti pulga tushirilmagani sababli, tanga jamoatchilik orasida keskin bahs va tanqidlarga ham sabab bo‘ldi.