Peruning janubiy Ayakucho viloyatida kuchli zilzila yuz berdi. Peru Geofizika instituti zilzila magnitudasini 7,2 deb baholagan. Zilzila epitsentri Korakora shahri yaqinida, taxminan 108 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Yer silkinishi Korakora va uning atrofidagi hududlarda sezilgan, ayrim joylarda ko‘chki va infratuzilmaga zarar yetgani haqida xabarlar berilgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘yicha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda. AQSH Geologiya xizmati esa ushbu zilzila magnitudasini 6,7 deb qayd etgan.
Peru Tinch okeanidagi seysmik faol “Olov halqasi” hududida joylashgani sababli kuchli zilzilalar tez-tez kuzatiladi.