Jahon / 18-Avgust, 20:32 27

Ozarbayjon Rossiya elchisini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning mamlakatdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mixail Yevdokimovni vazirlikka chaqirtirdi.

18-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya ommaviy axborot vositalari va axborot makonida tarqalgan, Boku tomonidan provokatsion va haqoratli deb baholangan qator bayonotlar yuzasidan Rossiya tomoniga norozilik bildirildi.

Ozarbayjon TIV ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida Bokuning mazkur masala bo‘yicha pozitsiyasi Rossiya elchisiga yetkazilgan.

Ozarbayjon tomoni bunday bayonot va harakatlarning oldini olish hamda ularni to‘xtatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini kutayotganini bildirgan.

Teglar
#Jahon
Baholash