Kanada AQSh tomonidan joriy etilgan yangi tariflarga javoban Amerika mahsulotlariga 15, 25 va 50 foizlik bojlarni joriy etishini ma’lum qildi.
Yangi cheklovlar 700 dan ortiq turdagi AQSh mahsulotlariga tatbiq etiladi va 2026-yil 8-sentabrdan kuchga kiradi.
Qaror AQSh va Kanada o‘rtasidagi savdo muzokaralari natijasiz yakunlanganidan so‘ng qabul qilindi. Ottava ushbu choralarni Vashingtonning Kanada tovarlariga nisbatan 50 foizlik tariflariga javob sifatida baholamoqda.
Yangi tariflar po‘lat, alyuminiy, mebel, kiyim-kechak, elektronika, baliqchilik mahsulotlari va boshqa ko‘plab tovarlarga ta’sir qiladi.