AQSH prezidenti Donald Tramp memorandum imzoladi, unga ko‘ra, AQSH 66 ta xalqaro tashkilotdagi aʼzoligini to‘xtatadi. Bu haqda Oq uyning X‘dagi mikroblogida 7-yanvar, chorshanba kuni ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, AQSH chiqadigan tashkilotlardan 31 tasi BMT shafeligida, 35 tasi esa ushbu butunjahon tashkilotidan tashqarida faoliyat yuritadi. Oq uy maʼlumotida aytilganidek, ularning barchasi “endi AQSH manfaatlariga xizmat qilmaydi”.