Jamiyat / 22-Avgust, 10:36 34

Xalqaro shartnomalar ijrosi: mavjud muammolar va takliflar muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ijrosi holati Senatning tegishli qoʻmitasi yigʻilishida muhokama qilindi. Majlisda xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi, ularni monitoring va tahlil qilish natijalari koʻrib chiqildi.

Oʻrganishlar davomida ayrim vazirlik va idoralarda shartnomalar ijrosi yuzasidan tahliliy maʼlumotlar yetarli darajada shakllantirilmayotgani aniqlandi. Senatorlar xalqaro shartnomalarning yagona elektron maʼlumotlar bazasini takomillashtirish hamda muntazam monitoring va tahliliy hisobotlar yuritishni yoʻlga qoʻyishni taklif etdi.

Yigʻilish yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

Teglar
#Jamiyat
Baholash