Toshkent shahrining Uchtepa tumanida oʻzlarini koʻp qavatli uy boshqaruv organi rahbari sifatida tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirgan ikki shaxsning 574,6 million soʻm mablagʻni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda A.B. va M.B. oʻzlarini «Vatanparvar» MFY hududida joylashgan 29-sonli uyning boshqaruv organi rahbari sifatida koʻrsatib kelgani maʼlum boʻldi.
Aniqlanishicha, ular mazkur koʻp qavatli uyda yashovchi xonadon egalarining ishonchiga kirib, jami 574,6 million soʻm mablagʻni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda mazkur ish boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.