O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida Diyor Imomxo‘jayevning PFL bosh direktori lavozimidagi vakolatini yana 4 yilga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yig‘ilishda Ijroiya qo‘mitasining 8 nafar a’zosi ishtirok etdi va Imomxo‘jayev nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.
Shu tariqa, Diyor Imomxo‘jayev kelgusi 4 yil davomida O‘zbekiston Professional futbol ligasiga rahbarlik qiladi.