Jamiyat / 25-Avgust, 15:49 33

🇺🇿 Andijonda bir yo‘la to‘rt nafar egizak dunyoga keldi

25-avgust kuni Andijon viloyatidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filialida bir yo‘la to‘rt nafar egizak dunyoga keldi.

Andijon tumanida yashovchi Dildoraxon Ahmedova 20-avgust kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan shifoxonaga qabul qilingan. Homiladorlik muddati tugamasidan kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan.

👧 Qiz — 1840 gramm
👦 O‘g‘il — 1534 gramm
👧 Qiz — 1584 gramm
👧 Qiz — 1756 gramm

Ayni paytda to‘rt nafar chaqaloq ham shifokorlar nazoratida.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mustahkam sog‘lik, baxt va omad tilaymiz! ❤️👶👶👶👶

Teglar
#Jamiyat
Baholash